qoziq
bilan ulashing
1. Yerga qoqish uchun moʻljallangan yoki qoqilgan, uchi oʻtkir yogʻoch yoki temir.
-
Yogʻoch qoziq. Temir qoziq. Chegara qozigʻi. Yerga qoziq qoqmoq. Qoqqan qoziqday qaqqayib turmoq. Otni qoziqqa bogʻlamoq. Yaxshi soʻz — jon ozigʻi, yomon soʻz — bosh qozigʻi. Maqol
-
Qirgʻoqqa yaqin yerda toʻrt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi. A. Qahhor, Xotinlar
2. Kiyim, sochiq va shu kabilar narsa ilinadigan moslama.
-
Paltoni qoziqqa ilmoq.
-
Qoziqdan Makkatulloning aksi tushirilgan ipak joynamozni olib, qiblaga qara-tib yerga soldi. K. Yashin, Hamza
-
Ohori toʻkilmagan oq xalatlar separatorxona qozigʻida osigʻliq. S. Nurov, Narvon
qoziq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oltin qoziq
Qoziq lungi
Qoziq roʻmol
Qoqqanda qoziq, osganda xurmacha (yoki choʻmich) qolmadi
-
Uyimizda qoqqani qoziq, osgani xurmacha ham qolmadi. H. Tursunqulov, Hayotim qis-sasi
QOZIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЗИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QOZIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qoziq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qoziq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar