qoya
bilan ulashing
1. Qattiq, tub jinslardan iborat tik koʻtarilgan choʻqqi, jarlik, tepa (asosan, nurash natijasida qattiq togʻ jinslarining ochilib, yer yuziga chiqib qolishidan hosil boʻladi).
-
Bu — Koʻhisiyoh, uning ostida yalangʻoch qoʻngʻir qoyalar silsilasi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Jilgʻaning boshida katta bir qoya bor. Qoyaning past-baland toshlari, oʻrganmagan koʻzga uzoqdan odam va hayvon shakllarida koʻrinadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bolalar, togʻ qoyalari va toshlardagi darzlar ham mana shu yoʻsinda hosil boʻlganini koʻz oldilariga keltirar ekanlar, suv bilan sovuqning bu qiliqlariga hayron qolishdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Botayotgan quyosh qoyalarning uchlarini alvon ranglarga boʻyadi. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab
2. Baland tik tosh; qoyatosh.
-
Gospital binosi dengiz toʻlqinida omon qolgan qoyaday atrofdagi xarobalarga achinib qara-yotganga oʻxshardi A. Ubaydullayev, Qonli izdan
3. koʻchma Suyanch, tayanch, homiy boʻluvchi shaxs.
-
Ayrim hollarda ilojsizlik qildi, suyanadigan qoyasi boʻlmaganidanmi, ezilib turibdi. Yoshlik
QOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar