qovushtir
bilan ulashing
Qovushmoq 1-4 feʼlining orttirma nisbati.
-
Tarix qovushtirdi bizning ellarni. Shayxzoda
-
Bu ishga ham Buzrukxoʻjaning oʻzi bosh boʻlib, dehqonni ahil oilaga qovushtirdi. Gazetadan
qovushtir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshini qovushtirmoq
-
Komiljonga itoat qilishga Umaralining boʻyni yor bermayotgan boʻlsa kerak Komiljonga ogʻir. Ularning boshini qovushtirish kerak. I. Rahim, Ixlos
-
Qoʻshnilar birgalikda toʻy qilib, ikki yoshning boshini qovushtirib qoʻyishdi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
Qoʻl(ini) qovushtirmoq
-
Mirshab odamlaridan biri avval xatirchilik bandining qoʻlini oldiga qovushtirib bogʻlab, peshband qilmoqda edi. S. Ayniy, Qullar
-
Tojiboy uzun yenglari ichidagi qoʻllarini qorni ustiga qovushtirib, bukilib oʻtirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U darvozadan kirib, supaga oʻn-oʻn besh qadam qolganda, qoʻl qovushtirib, taʼzim bilan: — Assalomu alaykum, — dedi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ochil, brigadirman, deb qoʻl qovushtirib oʻtirmaydi. F. Nurullayev, Boʻz yigit
QOVUSHTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОВУШТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QOVUSHTIR so‘ziga berilgan ma’nolar
qovushtir so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qovushtir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar