qovush
bilan ulashing
1. Bir-biriga yopishib, birikib, ulanib, bir butunlikni tashkil qilmoq; qoʻshilmoq, tutashmoq, yopishmoq.
-
Chuvalangan boʻyra ustida paxtasi arang qovushib turgan koʻrpacha. R. Azizxoʻjayev, Toʻlgʻoq yemagan, juvon, baxtiyor kampir
-
Qoʻsha qarimoqqa muhr boʻladi Hayotda ikki lab qovushgan bir zum. Gʻ, Gʻulom
2. Qoʻshilmoq, juftlashmoq.
-
Boyagidan birmuncha kuchaya tushgan shamol gulni gulga qovushtirib, goʻyo bu ikki yoshga: Siz ham mana shu gullar kabi qovushing, degandek koʻrinar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. Ittifoq, hamjihat boʻlmoq; bir-biriga monand ish tutmoq.
-
Ular bosh-boshiga qovushmaydi.
-
Qovushmagandan keyin, albatta, qoʻlimizdan hech ish kelmaydi-da. A. Qahhor, Sarob
4. Bir-biriga monand, muvofiq kelmoq, mos tushmoq, uygʻunlashmoq, yopishmoq.
-
Suhbat qovushmasdi.
-
U [Saodat] qogʻoz olib, plenumda gapiradigan soʻzlarini yozmoqqa kirishdi. Ammo soʻz soʻzga, gap gapga qovushmadi. I. Rahim, Ixlos
5. Biror doirada, muhitda yoki holatda oʻzini erkin his etmoq, erkin tutmoq.
-
Tanchada qovushib oʻtirolmaydi
-
Bugun sizning oldingizda, xuddi begonaday, qovushmay turganimga xafaman, Fotima! P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Bolalar yana intizor boʻlishib kutishdi, qovushmay, kechagiday jim-gina oʻtirib ovqatlanishdi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
6. Biror ishni bajarishda toʻgʻri va chaq-qon harakat qilmoq.
-
Ishlab yurgan odam har qanday ishga darrov qovushadi. U hech ishga qovushmaydi.
qovush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻli qovushmaydi
QOVUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОВУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qovush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar