qovurg‘a
bilan ulashing
1. anat. Umurtqadan chiqib, koʻkrak suyagiga egilib keladigan, koʻkrak qafasini tashkil qiladigan yoysimon ensiz suyak.
-
Mana, uring, sindiring qovurgʻamni! Qoʻrqmay qoʻya qoling, arz qilmayman. A. Qahhor, Asror bobo
2. koʻchma maxs. Bino, inshoot va shu kabilarning mustahkam tutib turish uchun xizmat qiladigan qismi, yonma-yon biriktirilgan uzun-uzun qismi.
-
Panjaraning qovurgʻalari.
-
Quyosh qizdirayotgan alleyalar boʻsh, skameykalarning oq qovurgʻasi oftobda yaltiraydi. P. Qodirov, Uch ildiz
qovurg‘a soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yetim qovurgʻa
-
Insonning yetti juft chin qovurgʻasi, besh juft yetim qovurgʻasi boʻladi.
Qovurgʻasi koʻrinib (yoki sanalib) qolmoq
-
Joʻraning koʻzlari choʻkib, qovurgʻalari sanalib qoldi, har kun qamchi, har kun azob H. Shams, Dushman
Qovurgʻasi bukilmagan (yoki sinmagan)
-
Hakim akamlarning choʻntaklariga qovurgʻasi sinmagan chervonlarni tushirdim. B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi
-
Choʻntaklari qovurgʻasi bukilmagan yuztaliklarga toʻla. Tanish basharalar
Qovurgʻasi qayishmoq
QOVURG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОВУРҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QOVURG‘A so‘ziga berilgan ma’nolar
qovurg‘a so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qovurg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing