yoy
bilan ulashing
1. Taxlangan, oʻralgan narsani ochmoq.
-
Qaltiragan qoʻllari bilan dastroʻmollarni yoyib koʻrdi: ikkalasi ham oq shoyidan. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Ochib, yozib osmoq (tortilgan arqon, ipga, shoxga va shu kabilarga).
-
Kir yoymoq. Kiyimlarni dorga yoymoq. Kelinni kelganda koʻr, sepini yoyganda koʻr. Maqol
3. Ezib yupqalamoq, yassilamoq; choʻzmoq.
-
U engashib oʻtirgancha xamir yoyar, nimcha kiyib olgan, entikib nafas olar, shishinqiragan yuzi qizarib ketgandi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Toʻshamoq, solmoq.
-
[Yormat] Otni qoʻshgandan keyin, aravaga qalin namat soldi, ustidan koʻrpacha yoydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Toʻshakni uy orqasidagi ajriqqa yoyib kelib, quruq karavotda shiftga tikilgancha yotdi. S. Nurov, Narvon
5. Bir-biridan ajratib, tarqatib, sochib qoʻymoq.
-
Yongʻoqni oftobga yoymoq. Qoʻylarni yoymoq.
6. Maʼlum qilmoq, ommalashtirmoq.
-
Qudrat u yerda [toʻgarakda] oʻrganganlarini mahalliy ishchilar orasida yoyib yurgan kunlarining birida uni jandarma iskovuchlari tutib qamadilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Lekin bu narsani [savodni] sir saqlash yaramaydi. Hammaga yoyib, namuna qilish kerak, — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
7. Mashhur qilmoq, ovoza qilmoq.
-
Arzigay nomingiz yoysak olamga, Shul erur mening ham umrlik dardim. A. Oripov
-
Institutimizning shon-u shuhratini olamga yoyadigan boʻlding, degani elas-elas qulogʻimga chalinib ham turibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
8. Toʻplanib, uyilib yotgan narsani tarqatib tekislamoq, tekis qilmoq.
-
Doʻnglik yoyib yuborilgandan keyin Mohidilning ruhi yorishib ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
9. Tarqatmoq, sochmoq, bermoq.
-
Peshingacha tariqqa suv yoyaman, kechlatib, Xevaga chopaman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Koʻklam osmoniga yonboshlab, yoyar quyosh alvon-alvon nur. T. Toʻla
yoy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sochini yoymoq
-
Birov oʻlsa, qolgan qovogʻin uyar, Qarindoshi boʻzlab, sochini yoyar. Hasanxon
-
Oʻlib ketsang, yurting boʻlar besohib, Enang, singling qolar sochini yoyib. Murodxon
Tomir yoymoq
Qanot yoymoq
-
Orzusi qanot yoygan Tursunoy Raimovadan xotin-qizlar har qancha oʻrnak olsa arziydi. Sh. Shorahmedov, Orzu qanot yoydi
Quloch yoymoq
YOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar