reja
bilan ulashing
1. Devorzanlik va shunga aloqador kasblarda: devor va shu kabilarning tekis, toʻgʻri chiqishi uchun ustalar tarang qilib tortib qoʻyadigan ip, sim va shu kabilar
-
Reja olmoq. Reja solmoq.
-
— Bekturdi aka, — derdi u [Qozoqboy] gʻisht terayotgan ustaga qarab, — gʻishtni yaxshi terayotgan boʻlsangiz ham, reja ipini tortib olmaganingiz yomon. M. Qoʻshoqov, Usta yigit
2. Biror ishni tartibi bilan va oʻz vaqtida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy moʻljal.
-
Ertangi ishga bugun reja tuz. Maqol
-
Boʻron rejalarimizni buzolmaydi, taqdirimiz ham boʻronning qoʻlida emas. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Adolat qizlarga oʻz rejasini tushuntirdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
[Brigada aʼzolarining] Har yili paxta tayyorlash shartnomaviy rejasini mamlakat boʻyicha birinchi boʻlib uddalashlariga oʻrganib qoldik. Gazetadan
3. Belgili tartib, qoida, oʻlchov.
-
Ish rejaga tushdi.
-
Bu oilada yeyish-ichish belgili tartib ham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Albatta, kampir kelinlarini roʻzgʻordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. S. Ahmad, Saylanma
REJA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕЖА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
reja so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar