samovar
bilan ulashing
1. Choy qaynatishga moʻljallangan, suvxonali va oʻtxonali roʻzgʻor asbobi.
-
Rux samovar. Samovar qaynatmoq.
-
Samovarda qaynagan choying qani, yor-yor. Qoʻshiqlar
-
Juvon kattakon samovardan tunuka choynakka choy quyib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchi-nor chiroqlari
-
Samovar jigʻillay boshladi, Avaz oʻtxonaga yana ikkita saksovul palyon tashlab, ichkari kirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. aynan Choyxona.
-
Mingboshi oʻng tomondagi ozodaroq samovarga chiqib chilim buyurdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
Yusufjon aka, bu hisob emas, hovliga boramiz, samovarda emas, bugun biznikida yotib qolasiz. K. Yashin, Hamza
samovar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Samovar qoʻymoq
-
Gulnor oʻrnidan qoʻzgʻaldi, darmonsizlikdan oyoqlari titrab, pastga tushdi-da, samovar qoʻya boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Umurzoq ota: — U yerda oshnam bor, Bani, guzarda samovar qoʻyadi. H. Gʻulom, Mashʼal
SAMOVAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САМОВАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
samovar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar