sapchi
bilan ulashing
1. Keskin harakat qilib, biror kimsa yoki narsaga tashlanmoq, oʻzini (yuqoriga) otmoq.
-
Rustam., qisilgan prujinadek osmonga sapchidi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
[Xushroʻy] Ikkinchi va uchinchi kunlarda toʻppa-toʻgʻri kundosh ustiga sapchiydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xazon uyumlarini oqizib kelayotgan tiniq sunbula suvi qirgʻoqqa sapchir edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
2. Umuman, keskin harakat qilmoq; sakramoq, irgʻimoq, toʻsatdan oʻrnidan turmoq; irgʻib turib ketmoq.
-
Juvon bexos tok urgandek bir sapchib tushdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Rais, bexos sapchigan ot ustidan uchib tushay dedi-yu, oʻzini oʻnglab olib, jilovni qattiq tortdi. T. Malik, Ajab dunyo
-
Birdan ayol kishining oʻkrab yigʻlagan ovozini eshitib, sapchib oʻrnidan turdi-da, Qashqarcha tomon yugurdi. K. Yashin, Hamza
sapchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Betiga sapchimoq
Yerga ursang, koʻkka sapchiydi
-
Islombek juda shoʻx bola boʻlgan, naq yerga ursang, koʻkka sapchiydi. Yoshlik
Sapchib ketmoq (yoki tushmoq)
-
Abduqodirboy oʻgʻlining shakkokligidan sapchib tushdi. K. Yashin, Hamza
-
— Zahar ichibdi! — dedi tabib. Otabek sapchib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
SAPCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САПЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sapchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar