sarob
bilan ulashing
1. Atmosferaning optik hodisa — notekis haroratga eta boʻlgan havo sharoitida nurlarning oʻziga xos sinishi natijasida ufq ortidagi (uzoqdagi) narsalarning xayoliy, soxta tasvirlarining paydo boʻlishi.
-
Dashtni toʻldirib turgan quyosh seli ostida oqayotgan Amu sarobi mavjlanadi. S. Nurov, Suv qoʻshigʻi
-
Uzoqlar-da sarob jimirlaydi. Koʻl betida qovjiragan yantogʻ-u isiriq suzib yurganday S. Nurov, Narvon
2. koʻchma Aldamchi tasavvur, xayolot, xomxayol.
-
[Navoiy:] Men haqiqat deb oʻylagan narsa sarob boʻlib chiqdi. Men saltanatimizni mustahkamlamoqchi boʻldim, ammo harakatlarim yelga ketdi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Qani oʻsha baxt? Baxt deb izlagani sarob ekan. Yoshlik
SAROB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sarob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar