saroy
bilan ulashing
Oʻzbeklar tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi.
-
Saroylarning tarkibida bir qancha kichik va katta qabilalar boʻlgan. OʻzME
1. tarixiy Xon, amir, podshohlarning doimiy qarorgohi boʻlib xizmat qilgan hashamatli katta bino; koshona.
-
Podsho uni hashamatli saroyga chaqirtiribdi. Oltin beshik
-
Buxoro amirining saroyidan bor-yoʻgʻi oʻn-oʻn ikki chaqirimlar chamasi uzoqlikdagi gʻarbi-janubdan oʻtadigan temir yoʻl stansiyasi — Kogonda koʻrsatilmoqda edi bu tomosha. K. Yashin, Hamza
2. koʻchma Saroydagi davlat boshqaruvi; hokimiyat, saltanat.
-
Nizomiddin nega saltanatga dushman boʻlarkan? U hali boʻz yigit, saroy oldida katta obroʻga ega boʻlgan meʼmorning farzandi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
U Xudoybergan ogʻaning xon saroyiga yaqinligini biladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. koʻchma Saroyga aloqador, saroyda yashovchi, xizmat qiluvchi.
-
Saroy shoiri. Saroy aʼyonlari.
-
Roʻza tutish shoh-u malayga barobar kelgan majburiyat boʻlgani uchun, surnay va naqora saroy ahlini saharlikka uygʻotmoqda. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Oʻtar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi, saroy odamlaridan hisoblanardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. Umuman, istiqomat qilish yoki biror ijtimoiy faoliyat uchun moʻljallab, zamonaviy meʼmorlik uslublarida qurilgan hashamatli katta bino va majmualar.
-
Sport saroyi. Madaniyat saroyi.
-
Goh suyunib, xayolida oltin saroylar quradi, goh kuyunib, oʻzini tubsiz choh yoqasida koʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Haqiqiy sanʼat saroyi singari qad koʻtargan koʻrkam klub binosining oldi shinam bogʻ. J. Abdullaxonov, Oriyat
5. Karvonlar, savdogarlar qoʻnadigan, mehmonxonali, hovli va otxonali joy; karvonsaroy, rabot.
-
Mehmonmisiz, tarafmisiz, aytinglar, Savdogar boʻlsangiz, saroyda yotinglar Gulnorpari
-
[Otabek:] Molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Omborxona, ombor.
-
Gʻalla saroyi.
-
Bizning Qalandar boy kuzda kambagʻallarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qoʻyadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
7. so‘zlashuv tili Bostirma yoki toʻrt devor bilan oʻralgan keng bino.
-
Mollarni saroyga qamamoq.
SAROY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
saroy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar