sarqit
bilan ulashing
1. Birovdan qolgan taom, qoldiq ovqat.
-
Oʻzi toʻymaganning sarqiti qorin ogʻritadi. Maqol
-
Farzandim bor edi, deb bir marta yoʻqlamadi. Bitta-yu bitta bolasi odamlarning sarqiti bilan yashayotganligiga nomus qilmadi. S. Ahmad, Oydin kechalar
-
Zokir qoʻlidagi qadahni taq etkazib stolga qoʻydi. Qadah tarelkaga urilib, chil-chil sindi, shisha siniqlari ovqat sarqitlariga aralashib ketdi, dasturxon hoʻl boʻldi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. koʻchma Oʻtmishdan meros boʻlib kela-yotgan, baʼzan zamona ruhiga toʻgʻri kelmaydigan odat, rasm-rusum, tartib va shu kabilar
-
Eskilik sarqitlari.
-
Shahar fuqarosi hayotidagi eskilik sarqitlarini tugatish, dilsiyohlik, asabbuzarlikni olib tashlash — bu oson ish emas. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
-
Hayotning qanchalar izdan chiqib ketishiga sabab boʻladigan sarqit odat — giyohvandlikka laʼnatlar oʻqiylik! Gazetadan
SARQIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРҚИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SARQIT so‘ziga berilgan ma’nolar
sarqit so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
sarqit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar