tashi
bilan ulashing
1. Narsalarni bir yerdan ikkinchi yerga koʻtarib yoki transport vositalariga ortib koʻchirmoq, eltmoq.
-
Chelakda suv tashimoq. Mashinada gʻisht tashimoq.
-
— Non yemoqchi boʻlsang, oʻtin tashishdan erin-ma! Maqol
-
Toʻybeka ichkari bilan tashqariga yugurib, dasturxon yangilar, choy tashir edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tevarak atrofda ketmon urayotgan, zambillab, qop-lab tuproq tashiyotgan qanchadan-qancha odamlar ham, xuddi Roʻzimatday, jadallab shilar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. Oʻzlashtirish, oʻziniki qilish maqsadida olib ketmoq.
-
Nim
-
qursa, uyiga tashiydi. Tashib ketmoq.
-
Tomlari buzilib, yogʻochlari ham tashib ketilgan. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
3. koʻchma Oʻzi bilan olib, saqlab yurmoq.
-
Vatanga sevgini oʻlguncha yuragida tashidimi, bu sevgini koʻksida saqlab uxlasin! Oybek, Quyosh qoraymas
-
maqollar katta bir mazmunni tashib, yozuvchi niyatini aniq, qisqa va taʼsirli usulda ifodalashni taʼmin etadi. OʻTA
TASHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar