sassiq
bilan ulashing
1. Hidi yomon, yoqimsiz, qoʻlansa.
-
Sassiq gaz. Sassiq sarimsoq. Burunni sassiq deb kesib tashlanmas. Maqol
-
— Sassiq balchiqda yotgan sassiq toʻngʻiz avval oʻzini qutqarsa-chi, birovning gʻamini yeyish oʻrniga! — dedi Zulfizar. K. Yashin, Hamza
2. Sassiq hid oʻrnashib qolgan; havosi ogʻir; badboʻy.
-
Sassiq hammom.
-
Ikki yilgacha mana shu sassiq barakda chirib yotamizmi? A. Muxtor, Tugʻilish
-
Zumrad benzin anqib turgan sassiq kabinadan sakrab tushib, shiypondagi xotin-qizlar orasida gʻoyib boʻldi. S. Siyoyev, Otliq ayol
3. Aynib, hidlanib, buzilib, chirib qolgan, achigan.
-
Koʻkarib ketgan bu sassiq suvda bijillab yotgan har xil qurtlar, tushgan yerida bir-ikki qiltanglab, darrov oʻlardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. ko‘chma, dag‘al Gap-soʻzi kishiga yoqmaydigan; qoʻlansa (gap, soʻz, muomala haqida).
-
Sassiq odam. Sassiq soʻz.
-
Eshon ham, otinoyi ham ikkiyuzlama, yolgʻonchi va sassiq gap odamlar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Meni nima uchun bunday qiynaysiz Koshkiydi, qoracha boʻlib tugʻilgan boʻlsam, koʻrgami, kalgami tegib, sizning taʼnangizni, sassiq soʻzlaringizni eshitmas edim! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. koʻchma Birovni kamsitish, haqoratlashni bildiradi.
-
Oh bolam, yoshligim qaytib kelsa, bu sassiq cholga oʻlsam ham tegmasdim. S. Ahmad, Saylanma
-
— Sen gapirma, sassiq kampir, — dedi Qumri, Qamchining yonini olib, — ering bilan qoʻshmozor boʻl! H. Gʻulom, Mashʼal
sassiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sassiq alaf
-
— Men ham bugun ziyofat yeyaverib, juda ham sassiq kekirdak boʻlib ketdim, — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
SASSIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САССИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sassiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar