sath
bilan ulashing
1. Biror narsa-buyumning, joyning ustki, yuza tomoni; yuz, yuza, bet.
-
Yer sathi. Hovli sathi.
-
Oy sathiga qadam qoʻygan dastlabki inson amerikalik astronavt Nil Armstrong edi. Fan va turmush
-
Parom parchalari, kuraklari, taxta va rezinalar suv sathida suzib yurardi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Balandliklarni oʻlchashda asos qilib olingan boshlangʻich yuza, saviya.
-
Dengiz sathidan ming metr baland joy.
-
Tomchilatib sugʻorishda bogʻ sathidan maʼlum darajada balandroq yerda hovuz qaziladi. Fan va turmush
-
Bu yoqdagi ungur soy sathidan bir quloch past qazilayotgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. aynan Yuz I 8.
-
Kvadratning sathi. Doiraning sathi. Sath oʻlchovlari.
SATH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САТҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sath so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar