sasi
bilan ulashing
1. Sassiq hid chiqarmoq, yoqimsiz, qoʻlansa hid taratmoq.
2. Sassiq hid kelmoq; yoqimsiz hid urilmoq (burunga).
-
Hammom sasib yotibdi.
-
Yoʻlchi otxonaning bir tomonida uyilib, sasib-bijib yotgan goʻngni aravaga ortdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Aynib, hidlanib, buzilib, chirib qolmoq.
-
Goʻsht sasib qolibdi. Qopdagi sabzi sasib qolibdi. Asal aynimas, sariyogʻ sasimas. Maqol
-
Besh kilogramm keladigan baliqning qulogʻini ochib qarab, [Shokirjon] baliqchiga poʻpisa qildi: — Iy-ya, irib qolibdi-ku, sasiganga oʻxshaydi. Guliston
4. Oʻt chiqarmasdan tutab, qoʻlansa hid chiqarib yonmoq.
-
Samovar sasiyapti.
-
Saroyning toʻrida boshqalarga qaraganda koʻrkamroq bir hujra narigilarida qora chiroq sasiganda, bu hujrada sham yonardi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻchma Dagʻl. Achchiq-tirsiq, kinoyali gap qilmoq.
-
Achigan ogʻizdan sasigan gap chiqadi. Maqol
-
U [notanish kishi] Moʻmin xunobga nafrat bilan qarab olib, uch-toʻrt ogʻiz sasidi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
— Usta, askiyani choyxonaga chiqib qilasiz. Bu —majlis. Gapingiz boʻlsa, panada sasimay, manovi yoqqa chiqib gapiring! — dedi rais. S. Ahmad, Choʻl burguti
SASI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САСИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sasi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar