sarg‘ay
bilan ulashing
1. Sariq tus olmoq.
-
Kuz tushdi, barglar sargʻaydi. Oʻrik oltinday sargʻayib pishibdi.
-
Issiq jon deydilar, jon boʻlsa boʻlar, Payt kelsa, chechak ham sargʻayar, soʻlar. A. Oripov, Yillar armoni
2. koʻchma Zoriqib, toliqib kutmoq, mahtal, intiq boʻlmoq.
-
Idorama-idora bir imzo uchun sargʻayib, haftalab umrim zoye ketgan vaqtlar boʻldi. X. Sultonov, Onamning yurti
-
Ayrilding toʻrangdan, sochingni yoyib Yigʻlay ber, buvishim, endi sargʻayib. Alpomish
3. koʻchma Qattiq yalinmoq, iltijo qilmoq; iztirob chekmoq.
-
Momo, sizga soʻz soʻzladik mungʻayib, Arz aytamiz endi sizga sargʻayib. Rustam
SARG‘AY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРҒАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sarg‘ay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar