sayoz
bilan ulashing
1. sifatdosh Uncha chuqur boʻlmagan, chuqur emas (daryo, koʻl, ariq va shu kabilar haqida).
-
Hali yomgʻirlar boshlanmagani uchun, anhor suvi tiniq, lekin toshlari koʻrinib turgan sayoz chekkalari shishaday rangsiz-u, chuqur joylari koʻkimtir-yashil. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Biz, bir eshelon soldat, bepoyon dashtga tushib, sayozgina daryo boʻyida chodir tutib yotardik. O. Yoqubov, Izlayman
2. ravish Yuzalab, chuqurlashmasdan.
-
Boshliq, bir kolxoz traktorchisi oʻn uch gektar yerni sayoz haydagani uchun sud uni qayta tekinga haydab berishga hukm chiqarganligini aytib berdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Sayoz oqqan daryo shagʻillaydi, deganlaricha bor ekan. S. Karomatov, Hijron
3. koʻchma Mazmunan siyqa, yuzaki, gʻoʻr.
-
Xom-xatala asarlarga, gʻoyaviy-badiiy sayoz buyurtmalarga chek qoʻyish vaqti allaqachon keldi. Gazetadan
-
[Salimxonning] Ilmi juda sayoz, faqat qaqillab gapirishi bor Mirmuhsin, Umid
SAYOZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЁЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayoz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar