sayqal
bilan ulashing
1. Narsa sirtiga ishlov berish natijasida hosil boʻlgan jilo; pardoz.
-
Sayqal ishlarini pardozlash tresti ishchilari olib borishdi. Gazetadan
2. koʻchma Ziynat, husn, chiroy, koʻrk.
-
Mehnat, Rizaxoʻja akaning taʼbiri bilan aytganda, umr sayqali, hayot bezagi. Gazetadan
-
Satrim sayqalini koʻrib shodlangan, Aziz sheʼrxonlarim, sizdan yolchidim. A. Muxtor
sayqal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sayqal bermoq
-
Bermoq uchun dunyoga sayqal Olam aro odam yaralgan. E. Vohidov
-
Biz oʻzbek chinnisiga sayqal berayotgan Toshkent chinni zavodidamiz. Guliston;
-
Yozgan hikoyalaringiz juda yaxshi, zamonaviy, chuqur mazmunli, faqat sahifalarga bir oz badiiy sayqal berish lozim. Guliston
Sayqal topmoq
-
Bino pardozlanib boʻlgach, yanada sayqal topdi. Gazetadan
-
Raqqosaning sanʼati tobora sayqal topmoqda;
-
Rivoj olgay muhabbat birla mehnat, Topar mehnat bilan sayqal muhabbat. Habibiy, Devon
SAYQAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЙҚАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayqal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar