sayra
bilan ulashing
1. Yoqimli ohangdor ovoz chiqarmoq, xonish qilmoq (qushlar haqida).
-
Atrofiga ekkan toza shamshod gul, Har shoxida sayrab oʻtirar bulbul. Ravshan
-
Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi, Tol bargi achchiq ekan, Yurakka sanchiq ekan. Xalq durdonalari
-
Hovlidagi yongʻoqning tepa shoxiga qoʻnib olgan zargʻaldoq biyov-biyov deb sayrardi. M. Mansurov, Yombi
2. koʻchma Yoqimli, shirali ovozda qoʻshiq aytmoq.
-
Sozandalar joʻrida xushovoz xonanda bulbuldek sayrardi.
3. Yoqimli, jarangdor ovoz chiqarmoq (musiqa asbobi haqida).
-
Dutorimning torlari qoʻsh bulbuldek sayraydi. Qoʻshiqlar
4. koʻchma salb. Tinmay gapirmoq, vaysamoq, javramoq.
-
Joʻralari orasida shirin suxanlik bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Juda sayrab yubordingiz, bekam! — dedi iljayib Zavrak, — sizni bir qadrdon singlim deb hurmat qilib gapirmoqchi boʻlgan edim. Mirmuhsin, Meʼmor
5. koʻchma Tez, shiddat bilan ovoz chiqarmoq (pulemyot, minomyot, avtomat va shu kabilar haqida)
-
Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi. J. Sharipov, Xorazm
6. koʻchma Koʻzni quvontirmoq.
-
U [qizim] tikkan mahsilarni qoʻlingga ol-u, tomosha qil — sayraydi-da. Oybek, Tanlangan asarlar
SAYRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЙРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sayra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar