sertashvish
bilan ulashing
1. Tashvishi koʻp; gʻoyat tashvishli, serxarxasha.
-
Sertashvish ish. Ser-tashvish joy.
-
Sertashvish asrda dunyoga kelding E. Vohidov
2. Gʻam-tashvishi koʻp, tinib-tinchimas.
-
Sertashvish odam,
-
Biram sertashvish, biram sertashvishsanki, bolaginam! O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Soddagina chodirda yolgʻiz yashagan Navoiy dilgir, sertashvish edi. Oybek, Navoiy
3. Tashvish ifodalaydigan; tashvishli.
-
Diloromning sertashvish koʻzlari bir zumda chaqnab ketdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Azmiddin Talʼatbeyning sertashvish yuziga sovuq koʻzlariga qarab, oʻyga toldi. H. Gʻulom, Mashʼal
SERTASHVISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕРТАШВИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sertashvish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar