sharros
bilan ulashing
1. ravish Chelaklab quygandek, jadal (yomgʻirning yogʻish tarzi haqida).
-
Munavvar navbatchilikdan boʻshab, eshikdan chiqqanda, yomgʻir sharros quyayotgan edi. S. Anorboyev, Mehr
-
Tuni bilan sharros quyib chiqqan yomgʻir tongotarga yaqin tindi. S. Abduqahhor, Ushalgan orzu
-
Koʻz yumib ochguncha, butun koinotni bulut qoplab, sharros yom/ir quyadi. M. Nazarov, Jilvon jilvalari
2. ot Shu tarzda yogʻayotgan yomgʻir; jala.
-
Tomchilar yiltillab yoʻlka toshida, Boʻlajak sharrosdan berardi xabar. Shuhrat
3. rvsh. koʻchma Tutilmasdan, duduqlanmasdan va tez.
-
Men eski jangnomalarni oʻqib oʻrganganim uchun Taraqqiy gazetasini sharros oʻqib ketaverdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Oʻzi tengi keladigan bir oʻspirinning shunday katta kitobni tutilmasdan, sharros oʻqiyotganiga hayron boʻlib, ogʻzi ochilib qoldi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Mehmon esa unga qarab, fors tilida sharros soʻzlab ketdi. A. Hakimov, Ilon izidan
SHARROS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРРОС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sharros so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar