shart
bilan ulashing
1. Biror ish yoki masala yuzasidan yozma yoki ogʻzaki oʻzaro kelishib olish, oʻzaro kelishuv.
-
Shuning uchun Yoʻlchining iltimosiga darrov koʻnib, shart boʻyicha, Shoqosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir-birimizdan sir saqlamaymiz. Xoʻpmi? Shart shu. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Oʻzaro shartlashayotgan yoki biror munosabatda boʻlayotgan tomonlardan birining boshqa tomonga nisbatan qoʻygan talabi.
-
Lekin shart — bizga astoydil, ixlos bilan xizmat qilasiz E. Raimov, Ajab qishloq
-
Pudrat usulining shartlariga muvofiq, bu mablagʻning ancha qismi pudrat asosida ishlayotganlarga taqsimlab beriladi. Gazetadan
-
Qiz, “Poygada yutib chiqqan odamga tegaman, deb shart qoʻyibdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi. ertaga shaharga tush, nima shar-ting boʻlsa, oʻsha yerda gapir. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Taqozo etuvchi narsa; talab.
-
— Madaniyatli boʻlishning eng birinchi sharti — soddalik, tabiiylik, — deb yubordim. F. Musajonov, Mehmonda
-
Hozirjavoblik —
-
askiyaning asosiy shartidir. OʻTA
-
Sanʼat turlarining uygʻunlashuvi uchun umumiy uslubiy xususiyatlarning mavjudligi zaruriy shart hisoblanadi. Saodat
4. kesim vzf. Qatʼiy talab etuvchi; zarur.
-
Bugun kelishingiz shart.
-
Bu jang uzoqqa bormaydi. Lekin Xuroson qoʻshini shay boʻlib turmogʻi shart! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi shart. Gazetadan
shart soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shart mayli
Shart ergash gap
Ehtiyot(i) shart
-
Shuning uchun uchrashgandayam uyda, mana shunaqa pana-pastqam yerlarda uchrashsak, ehtiyot shart deydilar-ku, axir! S. Karomatov, Hijron
shart soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sharti ketib, parti qolgan
-
Sharti ketib, parti qolgan boy, tepaga koʻtarilgan sari, oyogʻi qaltirab, butun vujudidan ter oqa boshlagan. Gazetadan;
-
Sharti ketib, parti qolgan arava.
-
Roʻzgʻorning sharti ketib, parti qoldi. Shu roʻzgʻorimni tebratsam deyman. I. Sulton, Burgutning parvozi
-
sharti ketib, parti qolgan tegirmonlar nigohini tortishi mumkin. J. Abdullaxonov, Xonadon
taql. s. Biror narsaning urilishi yoki uzilishidan hosil boʻladigan ovozni bildiradi.
-
Ikki-uch qamchidan soʻng tolga bogʻlangan tizgin shart etib uzilib ketdi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kampir yana gʻazabga keldi koʻylagining yoqasini shart yirtib yubordi. S. Ahmad, Hukm
-
Kuygan odam shart uradi soniga Hasanxon
-
Qizlardan uch-toʻrttasi Nozikni taʼqib etdi va shart-shurt bir-birining yalangʻoch etiga urishib, shartak olishdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Tez va keskin.
-
Otamurod shart orqasiga burildi-yu chayla tomonga chopib ketdi. M. Mansurov, Yombi
-
Dildor shart oʻrnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. S. Ahmad, Ufq
SHART so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАРТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shart so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar