shibbala
bilan ulashing
1. Shibba yoki boshqa narsa bilan urib, bosib, tuproqni zichlamoq, tigʻizlamoq. Poydevor oʻrnini shibbalamoq.
-
[Lutfulla] Suvdan chiqib, har ikkala qirgʻoqdan quruq tuproq qazib, loy ustiga tashlab, oyogʻi va ketmon orqasi bilan shibbalab, suv koʻtarib keta olmaydigan darajada mustahkamladi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Ot-arava, mashina yuraverib shibbalab yuborgan tekis yoʻldan sal yurganimizdan keyin, orqamizdan sotuvchi yigit halloslab yetib keldi. S. Ahmad, Choʻl burguti
-
Boʻyradek joyni tanladi. Uni kaftdek tekislab, shibbaladi. S. Karomatov, Soʻnggi barham
2. Bosib, tiqib zichlamoq, tigʻizlamoq.
-
Somonni qanorga shibbalamoq.
-
— Choʻrtkesar boʻlsa, yotigʻi bilan tushuntiring-da, — dedi qanorning ichiga tushib, paxta shibbalayotgan zveno boshligʻi. A. Hayitmetov, Poʻlat barmoqlar
-
Ochiq usulda bostirila-yotgan silos maydoniga koʻkpoya ortgan avtomashinalar ketma-ket kelib turibdi, traktor va buldozerlar silosni shibbalamoqda. Gazetadan
SHIBBALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИББАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shibbala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar