shiddat
bilan ulashing
1. Harakatdagi narsalarning, hodisalarning intensiv kuchi, yuqori kuch va surʼat.
-
Shamol shiddati. Yomgʻir shiddati pasaydi. Shiddat bilan hujum boshlamoq.
-
Terim shiddati zoʻraygandan zoʻrayib bormoqda. Gazetadan
-
Nabi-jon qiz tovushining shiddatidan taajjublanib uning koʻzlariga qaradi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Shernazarboyning shiddati zoʻrayib, qalʼani battarroq toʻpga tuttirdi. J. Sharipov, Xorazm
-
Tomlarda, daraxtlarda qor ancha qalinlashgan. Yana shiddat bilan yogʻishda davom etadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Zoʻr gʻayrat, shijoat.
-
Kun oʻtdi, kun ketidan kun keldi, lekin togʻ qazuvchilar shiddati zarracha ham boʻshashmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Chu! — deb shiddat beradi Gʻirkoʻk tulpor otiga. Hay attang, deb mard Hasan Shart uradi soniga. Ravshan
SHIDDAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИДДАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHIDDAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHIDDAT so‘ziga berilgan ma’nolar
shiddat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shiddat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar