shifo
bilan ulashing
1. Kasallikdan xalos boʻlish; sogʻayish, tuzalish.
-
[Shokir ota:] Endi shifoni yolgʻiz ollodan, xalloqi olamdan soʻra. Tabiblarning tabibi u. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ammo eshonga ixlos qoʻyib, undan shifo umid qilib, kasallarni olib borib oʻqitadilar. S. Ayniy, Esdaliklar
2. Biror kasallikdan xalos boʻlish, sogʻayish vositasi; davo, dori.
-
Chortoq suvi koʻp dardlarning shifosi. S. Abdulla
-
E, e, bolam, togʻ havosiga nima yetsin. Turgan-bitgani shifo-ku. S. Anorboyev, Oqsoy
shifo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xudo (yoki ollo) shifo bersin
-
Ollo Tohirjonga shifo bersin, niyatim shu. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Tilanchi kampir yana qoʻlini koʻtarib: — Xudo shifo bergay! — deb duo qildi. S. Ayniy, Qullar
Shifo topmoq
-
Tabib qoʻy jigarini xom kabob qilib, bujgʻun sepib yeng, degan ekan, bir-ikki qipti, lekin dardi shifo topmabdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
SHIFO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИФО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHIFO so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingSHIFO so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHIFO so‘ziga berilgan ma’nolar
shifo so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
shifo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing