turli
bilan ulashing
1. Belgi-xususiyati, holati, joylashish oʻrni va boshqalar jihatlari bilan oʻzaro farqlanadigan, har xil turga mansub boʻlgan, har xil.
-
Turli xalq vakillari. Turli tilda soʻzlashuvchi kishilar. Turli ovozlar. Turli kitoblar. Turli taomlar. Turli mamlakat vakillari. Turli sohalar.
-
Boyvachcha oʻzining fargʻonalik doʻstlari bilan boʻlgan oʻtirishlaridan, har turli ziyofatlardan soʻzladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mamlakatimizning turli iqlimiy zonalarida oʻsuvchi oʻsimliklar turli vaqtlarda gullaydi. Fan va turmush
2. kam qoʻll. Kabi, singari, oʻxshash, yangligʻ.
-
Ilon tilli, yashin turli xanjarni, Obroʻ ber, deb xipcha belga bogʻladi. Ravshan
turli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir turli
-
Bu oshxonada doim bir turli ovqat boʻladi.
-
Qizlar oʻzlarining bir turligina soʻrashishlari bilan Kumush ila koʻrisha boshladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
-
Bu qizning oʻziga xos bir turli fazilati bor edi.
-
Otabek qiziq holatda qoldi: bir turli titrab ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Oʻyin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsumbibi yoʻrgʻalay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TURLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar