turkum
bilan ulashing
1. Toʻda, toʻp, guruh.
-
Bir turkum odamlar.
-
Uchinchi turkum fotihaxonlar kelgandan soʻng, maxdum Anvar oldiga kishi yuborib, uni chaqirtirib kelishga majbur boʻldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Hovli oʻrtasida olamni boshiga koʻtarib Ulugʻbuvi yigʻlar, bir turkum xotinlar uning atrofini oʻragan edi. H. Shams, Dushman
2. Bir-biriga bogʻliq boʻlgan, bir butunni tashkil etgan bir necha asar, maʼruza va shu kabilar; davra, sikl.
-
Paxtakorlar haqidagi sheʼrlar turkumi. Adabiyot nazariyasidan maʼruzalar turkumi.
-
Satirik jurnalistikada felyetonlar va pamfletlar turkumi ham mavjud boʻlib, ular oʻz hajmi va imkoniyatlari bilan povest janriga yaqin turadi. OʻTA
3. biologiya Oʻsimlik va hayvonlar tizimida bir necha oilani oʻz ichiga olgan boʻlinma.
-
Chumchuqsimon qushlar turkumining qargʻasimonlar oilasi.
-
Qaldirgʻoch — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Fan va turmush
turkum soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻz turkumlari
-
Feʼl turkumi. Sifat turkumi. Soʻzlarni turkumlarga ajratmoq.
TURKUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУРКУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
turkum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar