shirinlik
bilan ulashing
1. Shirin taʼmga egalik, shiralilik, shirin ekanlik, totlilik, yoqimlilik. Tarvuzning shirinligi. Suhbatning shirinligi. Bolaning shirinligi.
-
Shirinligi til yorar, Hidi oʻtkir, boʻyi past. Pishganini koʻrdim-u, Yeyman, deya qildim qasd. Uygʻun
2. Qand-qurs kabi shirin narsalarning umumiy nomi, shiravor.
-
U yoshligida ham shirinlikka uch edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
— Toʻydan shu bolaga atab bir kaft shirinlik ham keltirmabsan, — dedi Oʻroz. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gap unchalik qovushmayotgani uchun boʻlsa kerak, juvon choyni toʻxtatdi. Erining yordamida xontaxta ustini shirinliklardan boʻshatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. koʻchma Shod-u xurramlik, vaqtichogʻlik, xursandlik; yaxshilik.
-
Shirinlik bilan hayot kechirmoq. Tuy shirinlik bilan oʻtdi. [Hayitjon:] Undan kura, shirinlik bilan, oʻynab-kulib javob ber-qoʻy. Hamza, Paranji sirlari
SHIRINLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИРИНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shirinlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar