shirin
bilan ulashing
1. Shirasi oʻtkir, shirali.
-
Shirin qovun. Shirin ichimlik.
-
Shirin mevalarga oʻrgangan ogʻizlariga bu yerning nordon neʼmatlari yoqmadi. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Taʼmi yoqimli, mazali, lazzatli.
-
Shirin shoʻrva.
-
— Albatta, albatta, — dedi Sulaymonov jiddiy qiyofada, — masalan, baliq — koʻp yaxshi narsa, qovurilsa, qanday shirin boʻladi! A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
-
Mening ikki onam bor, Ikkisi ham mehribon: Biri menga sut berdi, Biri esa shirin non. Uygʻun
-
siz pishirgan taom shu darajada shirin, lazzatli boʻladiki Mirmuhsin, Meʼmor
3. koʻchma Kishi huzur qiladigan, orom oladigan, lazzatlanadigan, xush yoqadigan; yoqimli, yoqimtoy.
-
Shirin xayollar. Shirin tush koʻrmoq. Shirin muomala. Shirin soʻz shakardan shirin. Maqol
-
Muharram shirin tabassum bilan kuldi-da, bejirim labining ikki burchagini nozik toʻr tutilgan dast-roʻmolchasi bilan artib qoʻydi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Bir ogʻiz shirin soʻz — nondek arzanda. Gʻ, Gʻulom
-
U shovqin-suron ichida shunday shirin uxlardiki, bunday uyqu halol ishlab charchagan vaqtdagina boʻlishi mumkin. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Voy, muncha shirin boʻlmasang! Juda aqlli bolasan-da! S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
— Doʻmbillamay qolsin shu shirinlar-yey! — deguvchi edi, harbiylarni koʻrganda bir oʻrtogʻim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
4. Ahil, totuv.
-
Shirin oila.
-
Dunyoda bitsin urush, Yer yuzi koʻrmasin dogʻ, Gullasin shirin turmush, Tinchlik boʻlsin hamma yoq. Q. Muhammadiy
5. Shirin (xotin-qizlar ismi).
shirin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joni shirin
SHIRIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИРИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shirin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar