shoh
bilan ulashing
1. aynan Podsho(h).
-
Eron shohi. Shohning qizi.
-
Shoh bolasiga — yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak. Oybek, Navoiy
-
Oʻylama, oʻlguncha har kim bu razolatda ketar, Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddur. Hamza
2. Shaxmat oʻyinida: eng asosiy figura.
-
Bir vaqtning oʻzida raqib shohiga va donalaridan biriga hujum qilish ikki yoqlama zarbaning eng koʻp uchraydigan xilidir. M. Muhiddinov, Shaxmat
3. Shaxmat oʻyinida: biror dona bilan bevosita raqibning shohiga qilinadigan hujum; kisht.
-
Shoh berib mot qilmoq.
-
Mirza Muhiddin qaltis bir shoh berib, Muxtorxon oʻylanib qoldi. A. Qahhor, Sarob
4. so‘zlashuv tili Qarta oʻyinida: tojdor chol rasmi tasvirlangan, kuch jihatidan tuzdan keyin turadigan qarta.
5. koʻchma Narsa yoki kimsalarning eng yaxshisi, sarasi.
-
Qushlar shohi — burgut.
-
Necha yuzlab taomlar orasida palov milliy pazandalikning shoh taomi hisoblanadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Shoh qiz, shakar qiz, qizlarning guli, Qoshlaringni koʻrsatgil, men uning quli. S. Ayniy, Doxunda
-
Bir yulduzdir yetti koʻkda — falakda, Koinotning mashʼaliga oʻxshatdim. u dunyoga taqdim qildi shoh asar, Men ham unga shu dostonni yaratdim. M. Shayxzoda
6. Baʼzi soʻz birikmalari tarkibida “bosh“, “asosiy“, katta degan maʼnolarni bildiradi (bunday soʻz birikmalarining baʼzilari qoʻshma soʻzga aylangan va aylanmoqda).
-
Shoh koʻcha. Shoh bekat.
-
Sirdaryo toʻsilib, shoh toʻgʻon qurildi. Gazetadan
SHOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar