shogird
bilan ulashing
1. Biror usta, mutaxassis yoki olimdan hunar, kasb, bilim oʻrganayotgan (oʻrgangan)shaxs (ustozga nisbatan).
-
Shogird tushmoq. Usta koʻrmagan shogird har maqomga yoʻrgʻalar. Maqol
-
Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning matonati bilan qoʻshilsa, moʻjiza tugʻilar ekan. Guldasta
-
Oxunjon qiziq — mashhur Yusufjon qiziq Shakarjonovning shogirdlaridan biri. Mushtum
-
Shunday nufuzli olimning shogirdi boʻlish uncha-munchaga nasib qilmaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Har bir insofli ustod oʻz muborak umrining durdona yakunlari deb shogirdlarini hisoblaydi. Gʻ. Gʻulom, Janobi insonlardan biri
2. Biror kimsaning ishi yoki taʼlimotining tarafdori, uni davom ettiruvchi; muxlis, izdosh.
-
Oʻzini oldi-qochdi sarguzashtlar piri Anvar poshshoning shogirdi deb yuruvchi, chindan ham shu sayoq turk zobitining muxlisi boʻlgan Komil afandi har galgiday oʻz ustoziga taqlid qildi. H. Gʻulom, Mangal
SHOGIRD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОГИРД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shogird so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar