shohona
bilan ulashing
1. Podsholarga xos, shohlarda boʻladigan; oliy darajadagi, juda yaxshi.
-
Shohona kiyim. Shohona jihoz. Shohona kiyinmoq. Shohona yashamoq.
-
Butun majlisni
-
[Husayn Boyqaro] oʻzining shohona ziyofatiga taklif etdi. Oybek, Navoiy
-
Shu orada tiktirdi oʻziga libos, Bir liboski, shohona, shoh qiziga xos! Shuhrat
-
Oʻziga oʻzi zehn solib, shohona qadam bilan zalga qarab yurdi. Sh. Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa
2. koʻchma Dabdabali, hashamatli.
-
Pulingiz sandiqqa sigʻmayotgan boʻlsa, kaminaga bering, men oʻzim shohona uy-joy qurdirib beraman. O. Yoqubov, Diyonat
-
Mana shu yangi imoratda dabdaba bilan shohona toʻy bermoqchi boʻlib, chor tomonga chopar choptirdi. Mushtum
3. koʻchma Eng yirik va eng yaxshi, olamshumul.
-
Kosmosga birinchi odamning parvoz qilishi kishilar ijodiy mehnatining shohona samarasi boʻldi. Gazetadan
-
Uning [Pushkinning) shohona asarlari yana koʻplab yangi sanʼat durdonalarini yaratishga asos boʻldi. Gazetadan
SHOHONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОҲОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHOHONA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHOHONA so‘ziga berilgan ma’nolar
shohona so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
shohona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar