shokila
bilan ulashing
1. Dasturxon, sochiq, darparda, roʻmol kabi buyumlarning chetiga-hoshiyasiga tikiladigan yoki shu gazmolning oʻzidan titib chiqarib yasaladigan bezak; gajim, popuk.
-
Dasturxon shokilasi.
-
Islom barlos qalpoqli boshini ogʻir tebratdi-da, koʻzini chodirning koʻrkam uqalari, rang-barang ipak shokilalari osilib turgan shipga tikdi. Oybek, Navoiy
-
[Latofat] Parda shokilasiga tirmashayotgan kapalakni koʻrdi. S. Karomatov, Hijron
2. Baʼzi buyumlarga bezak uchun osib qoʻyiladigan shu shakldagi taqinchoqlar.
-
Oʻrtaga osilgan katta qandilning asosi zarhaldan boʻlib, elliklab lampochkalar va minglab billur shokilalar unga zeb berib turardi. T. Jalolov, Oltin qafas
SHOKILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОКИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shokila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar