shol
bilan ulashing
Yungdan toʻqilgan qalin mato, yung gaz-lama.
-
Shol bozori.
-
Bu boshiga sholdan salla oʻraydi. Fozil shoir
-
Ikki qiz chayqalgan choynak-piyolalarni, tuya yungidan toʻqilgan shol dasturxonga oʻralgan nonlarni keltirib, mehmonlar oldiga qoʻydilar. S. Ayniy, Qullar
-
Shamollatdi mollarin, Ipak-baxmal, shollarin. Q. Muhammadiy
1. Biror aʼzoning normal harakat qilolmay yoki seza olmay qolishi bilan xarakterlanadigan kasallik; falaj.
2. Shunday kasalga yoʻliqqan.
-
Shol kam-pir. Shol boʻlib yotmoq.
-
Kampirim ishga yaramaydi. Shol boʻlib qolgan. Otasi ham shol boʻlib oʻlgan. S. Ahmad, Hukm
-
— Haligi men bilan bir sinfda oʻqigan Temirjon bor-ku, ho-zir ikki oyogʻi shol boʻlib oʻtiribdi — dedi Boymurod. Sh. Gʻulomov, Qalb undaydi
Boʻyinga osib yoki teshigidan kiygizib qoʻyiladigan jazo taxtasi.
-
Soldi-par shol boʻyniga, Kunda — oyoqqa. Shu yoʻsin hukm etdilar Qirq kun qamoqqa. Gʻayratiy
SHOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar