shom
bilan ulashing
1. Quyosh botib, qorongʻilik tusha boshlagan payt va shu paytda oʻqiladigan namoz.
-
Odamlar tashqariga chiqqanda, shom qorongʻisi choʻkkan edi. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Anzirat bilan Anorxonning sariq va koʻk roʻmollarigina shom qorongʻisida sharpaday miltillardi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
2. Quyosh botgandan boshlab, magʻrib ufqidagi qizil shafaq koʻrinmay qolguncha oʻqiladigan namoz (besh vaqt namozning toʻrtinchisi).
-
Shomni oʻqigandan keyin Anvar Sultonali mirzodan izn olib chiqdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Machitdan shom azoni eshitildi. Supadagilar bahsni toʻxtatib, tahoratga qoʻzgʻalishdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. koʻchma Qorongʻilik
-
Hovliga shom tushdi. Avaz derazani ochib Jumaniyoz! deb chorladi. S. Siyoyev, Avaz
shom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oy shom yedi yoki shom yeb chiqqan oy
-
Tun yarimdan oshgan. Shom yeb chiqqan oy oʻrmon ustlariga oʻzining sutday oq pardalarini toʻshagan. 3. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Uzoqda, baland teraklar orqasida shom yegan oy koʻrindi. O. Husanov, Qoʻshiqchining taqdiri
Umr shomi
-
— Ha, kela qol, shervachcha! — dedi mamnunlik bilan Sakson ota kulib — Umr shomiga yetsak ham, yurakda oʻtimiz bor. Oybek, Tanlangan asarlar
SHOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar