shona
bilan ulashing
1. Gʻoʻza gʻunchasi.
-
Gulparast, deb atamang, ishimizdan bexabar, Shonalar sanab yurgan mehnatkash qizlar edik. Gʻ. Gʻulom
-
Biroq, ozgina suv ham taqa-taq toʻxtab qoldi. Suv deb navbat kutib yotgan gʻoʻzalarning barglari qorayib, shona tashlay boshladi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Shonaga kirmoq Gʻunchalamoq (gʻoʻza haqida).
-
Yangi kvadratlardagi gʻoʻzalar tez rivojlanib, oldi tekis shonaga kirdi. Gazetadan
eskirgan, aynan Taroq 1.
-
Shona bilan zulfin tarab oʻrganlar, Oyna olib, oq yuzini koʻrganlar. Fozil shoir
-
Qizlar tongda buloq tomon borardi, Yuvinishib, bari sochin tarardi, Har birin boshida chiroyli shona, Koʻrar koʻngil qushi shunda koshona. M. Alaviya
SHONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar