shop
bilan ulashing
eskirgan Uchi orqaga qayrilgan tigʻli qilich.
-
[Mingboshi] Shop-u kamarini belida koʻrib, biram quvondi, biram quvondiki, shopini avaylab koʻzlariga keltirdi-da, toʻtiyo qilib koʻzlariga surtdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
shop soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shop moʻylov
-
Omontoyning qaddi-qomatiga, shop moʻyloviga qarab, koʻzlari yashnab ketdi. S. Ahmad, Choʻl shamollari;
-
Haydarga bir shop moʻylov odam Qoʻlin bigiz qilib oʻqtaldi. Yu. Shomansur
Qoʻlini shop qilmoq
-
— Hoy, sen, — qoʻlini shop qilib, Maynaga oʻshqirdi. — Mening boshimga asilzoda erni oʻldirib keldingmi? A? Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Juvon tarsaki tortib yubormoqchiday qoʻlini shop qilib: Yoʻqol! dedi. N. Qilichev, Yorongul
SHOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shop so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar