shopir
bilan ulashing
1. Idishdagi suyuq ovqat yoki ichimlikni choʻmich bilan olib, yana qayta quymoq (shu harakatni takrorlamoq).
-
Ayronni shopirmoq.
-
Muqimiy Toʻra Sohibxondan kechagi maqomni yolgʻiz oʻqib berishni iltimos qildi, shoʻrvani shopirib turishni oʻz gardaniga oldi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy
-
— Ikki ovul orasiga oʻt yoqib isinolmaysan, togʻa, — dedi Erimbet xotirjamlik bilan qimiz shopirib. A. Muxtor, Qoraqalpoq qisqasi
2. Yanchilgan gʻallani tepadan toʻkib, shamolga tutib, qipiq yoki choʻp-xaslardan tozalamoq; sovurmoq, shuningdek, paxta, shulxa, somon kabi narsalarni kurak, panshaxa bilan irgʻitib shamollatmoq.
-
Bugʻdoyni shopirmoq. Sholini shopirmoq.
-
Koʻz ilgʻamas dala oppoq paxtazor, Ishlab horiganday sirgʻilar oftob. Paxta bulutini shopirib bir chol, Quritadi uni, oltinni, shu tob. Zulfiya
3. Uchirmoq, toʻzitmoq.
-
Dashnobod bogʻida barglar sargʻayib boʻlgan, kuz shamollari ularni shopirib ketgan. S. Ahmad, Oʻylar
-
Atrofi bir zum jimiganday boʻladi-yu, dam oʻt-may achchiq izgʻirin shovullab, dimiq ayvonga yopiriladi-da, oʻchoq oldidagi xas-xashakni hovli sahniga shopirib oʻynaydi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
SHOPIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shopir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar