shon
bilan ulashing
1. Erishilgan hurmat, obroʻ, sharaf, shavkat.
-
Senga doʻst boʻlib ortdi Shon ila shuhratimiz. Gʻayratiy
-
Yaralangan Vatan tomiriga Quydi issiq yurak qonini, Shu muqaddas yer zamiriga Qoni bilan yozdi shonini. T. Toʻla
2. Mashhurlik holati; dovruq, dong, shuhrat. Paxta terib oʻtar uzun kun, Oshib toʻlar uning plani, Ishi boʻlar uning ovoza —
-
Doston boʻlar dongi va shoni. H. Olimjon
-
Hayotga yomon yoʻlni qoʻyib, yaxshi yoʻldan borish — adabiylik yoʻlidir. Shu yoʻldan borgan kishining nomi oʻchmaydi, uning shoni umridan uzoq yashaydi. M. Ismoiliy, Odamiylik qis-sasi
3. Gʻurur, faxr.
-
Paxta — bizning shonimiz.
-
Qaynab toshsin neft buloqlari, Neft mamlakatimizning shonidir. Yo, Mirzo
1. maxs. Mahsi yoki etik qoʻnjiga uriladigan tayoq-qolip. [Unsin]
-
Shon qoqilgan, boʻyi bir qarich kelar-kelmas tayyor bachkana mahsilarni silliq yogʻoch bilan kuchi boricha ishqalab, soʻng qora gul surkab, ularga pardoz beradi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shonga tortmoq ayn. iskanjaga olmoq q. iskanja.
SHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHON so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHON so‘ziga berilgan ma’nolar
shon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
shon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar