shox
bilan ulashing
1. Oʻsimlik, daraxt yoki buta tanasidan yon-beriga oʻsib chiqqan oʻsimta.
-
Daraxtning shoxini kesmoq.
-
Keldi yoz chogʻi, Mevalar pish-di. Olmalar shoxi Egilib tushdi. I. Muslim.
-
Ha, Qodirovga ishlaring tushmabdi, sizlar daraxtning shoxida boʻlsalaring, men bargida yuraman. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
2. Sinib tushgan, kesilgan novda, butoq yoki shox-shabba.
-
Shoxlarni yoqmoq.
-
Raxnalariga yantoq va shox bosilgan past devor-li hovlilarning buzilgan uylari tashqaridan koʻrinib turar edi. S. Ayniy, Qullar
shox soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shox otmoq
-
Kapitan bekatga kelib, naʼmatak oldida toʻxtadi. U katta sadadek shox otgan. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
Baʼzi hayvonlarning boshidan oʻsib chiqadigan suyaksimon qattiq oʻsimta; muguz.
-
[Hoʻkiz] Nayzadek oʻtkir shoxlarini unga toʻgʻrilab xuruj qilib kela boshladi. K. Yashin, Hamza
shox soʻzi qatnashgan jumlalar:
Uning shoxi bormi?
Shox tashlamoq
-
Varrak shox tashladi.
-
Tojixon birdan shox tashlab, qahqaha urdi. Mirmuhsin, Yugurdak
-
Oʻyinchilar noz va ehtiros bilan maqomga shox tashlab, koʻzlarini suzib oʻynardilar. Oybek, Navoiy
-
Ubaydullaxoʻja aʼlam kimdan koʻproq pora olish niyatida dam u, dam bu tomonga shox tashlab, ularni [boylarni ] ikki oy ovora qildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Shoxi sinmoq (yoki qayrilmoq)
-
[Muattar:] Bir yalangoyoq Poʻlatning shoxini qayirolmagan yigit osmondagi yulduzga qoʻl choʻzsa qiziq boʻlar ekan. N. Safarov, Sharq tongi
-
Qoʻyaver bizdan oldin oʻzining akasidan shoxi sinadigan boʻ-lib turibdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Shoxing chiqadimi?
-
Bildiki, xotini bilan adi-badi aytisha bergani bilan shoxi chiqmaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
SHOX so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОХ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shox so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar