sindir
bilan ulashing
Sinmoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Tosh otib, oynani sindirmoq. Yiqilib, oyogʻini sindirib olmoq. Ish yurishmasa, bulamiq dandon sindirar. Maqol
-
Behuda harakat belni sindirar. Maqol. Akramxonning onasi devori qulayotgan uydan qochib chiqaman deb, ostonaga qoqilibdi-da, oyogʻini sindiribdi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
-
Yigit oxiri Zabarjadni yalintirib, gʻururini sindirdi. Yoshlik
-
Oʻz otam sindirdi mening shaʼnimni, Enajon, olib kel shu eshonimni. Erali va Sherali
sindir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Belini sindirmoq
-
Dushman belini sindirish uchun ozmuncha qurbon bermadik. N. Safarov, Olovli izlar
-
Kolxozchi qul emas-ku? Bir juvonning toʻrt oy belini sindirib topganini men, siz, anavalar yozda salqin, qishda issiq yerda oʻtirib olar ekanmiz. S. Siyoyev, Otliq ayol
Iligingni (yoki oyogʻingni) sindiraman
-
Ha, koʻchaga chiqmaysan, eshitdingmi? Hoy bola! Iligingni sindiraman-u, kasalingni boqib oʻtiraveraman. N. Safarov, Saodatning qissasi
Non (yoki patir) sindirmoq
Tiyin ustida tish sindiradigan odam
-
Malik Rahimovni bir tiyinning ustida tish sindiradigan ziqna odam, deb boʻlmaydi. Mushtum
Xari (yoki choʻp) sindirmoq
Shoxini sindirmoq
-
[Zuhra] Oʻtgan safar majlisda Xoʻjabekovning shoxini, qolaversa, oʻzining ham shoxini sindirib, Sherbekning qoʻlini baland qilib ketgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy
Qanotini sindirmoq
SINDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sindir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing