sinf
bilan ulashing
Kishilarning tarixan shakllangan ishlab chiqarish tizimida, ijtimoiy mehnatni tashkil etishda muayyan mavqe va oʻringa ega boʻlgan, ishlab chiqarish vositalariga, ijtimoiy boylikning taqsimla-nishiga bir xil daxldorligi va manfaatlarining umumiyligi jihatidan birlashgan katta guruhi; nisbatan barqaror boʻlgan katta ijtimoiy qatlam.
-
Ijtimoiy sinflar. Mulkdorlar sinfi.
-
Oʻzbekistonda fuqarolarga mulkdor boʻlish huquqining berilishi jamiyatni qarama-qarshi sinflarga boʻlib oʻrganish gʻoyasini ham inkor etadi. OʻzME
-
Hozir sotsiologiyada jamiyatni sinflarga va boshqa ijtimoiy guruhlarga boʻlishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. OʻzME
1. Oʻquvchilar tomonidan bir oʻquv yili davomida erishiladigan umumiy bilim saviyasi; maktab taʼlimining har bir bosqichi; maktabning asosiy tarkibiy birligi.
-
Sinfdan sinfga oʻtmoq.
-
Taʼlat oʻninchi sinfni kumush medal bilan tamomladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
10- A sinfida oʻqiydigan Rustam., kuzda paxta bayramiga atab maktabda oʻtkazilgan kechada rubob chalib, ashula aytganida ham uni yaxshi koʻrarkan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Oʻquv yurtlarida mashgʻulot oʻtkaziladigan xona, auditoriya.
-
Yorugʻ sinf. Sinf doskasi.
-
Sinfga kirishim bilan, bolalar qichqirib yuborishdi: — Ur-re-ye, Hoji keldi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Oʻquvchi biz koʻpchilikmiz, oʻqituvchi hammamizni baravar koʻrolmaydi, deb oʻylaydi. Holbuki, oʻqituvchi sinfdagi har bir bolaning nima qilayotganini aniq bilib turadi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma Boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻquv yili davomida yagona oʻquv dasturi asosida taʼlim oluvchi oʻquvchilar jamoasi.
-
Sinf rahbari.
-
Sinf bir ogʻizdan Assalomu alaykum! deb qichqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Maktabda yomon boʻlsam, yo ikki kun bormasam, butun sinf oyoqqa turardi. Yoshlik
4. Badiiy oʻquv yurtlarida oʻquvchilarning biror oʻquv fani boʻyicha ixtisoslashtirilgan guruhi.
-
Kompozitsiya sinfi.
-
Malikani Oʻzbekiston xalq artisti S. Qobulova sinfiga oʻqishga qabul qilish maqsadida tayyorlov kursida oʻqitishdi. Gazetadan
5. biologiya Oʻzaro qarindosh hayvonlar yoki oʻsimliklar turkumlarini birlashtiruvchi kategoriya.
-
Sutemizuvchilar sinfi.
SINF so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИНФ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sinf so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing