sipoh
bilan ulashing
1. tarixiy Podshoh, xon, amir saroyida uzoq, xizmat qilgan lavozimli kishi; amaldor.
-
Sipohning oshnasi boʻlmas. Maqol
-
Eshikni qiya ochib, notanish kishilarga sovuq nazar tashlagan, yuzlari goʻshtdor uy egasi sipohlarga xos purviqorlik bilan Xizmat? degandek qaradi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Jangchi, askar.
-
Dehqon boʻlsang — qoshida boʻl, sipoh boʻlsang — boshida boʻl. Maqol
-
Qilichi sinib, qalqoni teshilgan sipohlardek, ona-bola kitob-daftarlarni koʻtarib, bogʻ darvozasi tomon yurisha boshladi. Mirmuhsin, Umid
-
Muhammad Rahimxon yoʻl yoni-da saf tortgan sipohlarga qarab bosh chay-qadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Shaxmat oʻyinida: piyodadan katta donalar (fil, ot, rux, farzin).
-
Bir piyodaga bir sipohni qurbon bermoq.
4. koʻchma ayn. Sipo.
-
— Qachondan beri sipoh boʻlib qolding? — taʼna qildi boshyalang. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Shernazarboy hammadan sipoh koʻringan edi. J. Sharipov, Xorazm
SIPOH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИПОҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sipoh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing