sop
bilan ulashing
Baʼzi asboblarning qoʻl bilan ushlanadigan qismi; tutqi, dasta, band.
-
Tesha sopi. Qoshiqning sopi. Oʻgʻirning sopi. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
-
Oltmish yoshlardagi jikkak chol teshasining sopini belbogʻidan oʻtkazib, soʻriga keladi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
— Chiqinglar, — Bek atrofga sergak quloq tutib, hech sas eshitmagach, shunday shivirladi va xanjarining sopidan yanada mahkamroq changalladi. Yoshlik
-
Bunday tigʻli, sopi guldor pichoqni faqat Xoʻjand ustalari yasardi. Mirmuhsin, Temur Malik
sop soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ketmonning sopini ushlamagan
-
Oʻzingiz ayting-chi, axir, bu yelkasi oftob koʻrmagan soyaparvarlar, ketmon sopini ushlamagan nomardlar kolxozda nima qilib beradi? P. Tursun, Oʻqituvchi
Sopini oʻzidan chiqarmoq
-
— Aktga qoʻl qoʻyilib, uyingizga yetib olguncha, har qanday is-pisdan xoli boʻlib qoladi. Sopini oʻzidan chiqaryapman-da, — dedi Odil Egamberdiga. B. Rahmonov, Xoʻjayin koʻchdi
kam qo‘llanadigan, aynan Sob.
-
Ishq dardida sop boʻlmoq. Ishdan urilib sop boʻlmoq.
-
Ha, bir alami bordir-da Yo nos sop boʻldimikin? Xumori tutgan boʻlsa kerak. P. Tursun, Oʻqi-tuvchi
folk. Eng zoʻr, asl.
-
Oʻn ming uyli qoʻngʻirot elining sop degan boyvachchalari oʻz kayf-u safosi bilan oʻtirib edi. Alpomish
SOP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sop so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- golodomor
- graunding
- gallyutsinatsiya (uydirma)
- kraudsorsing
- sun’iy intellekt agenti (AI Agent)
- agentlar orkestratsiyasi