sudra
bilan ulashing
1. Yerdan uzmay, koʻtarmay sirpantirib tortmoq, surgamoq.
-
Xodalarni sudramoq. Etaklarini yerda sudrab yurmoq.
-
Qish suvi qoʻyilgan katta paykal muzligida ikki qora koʻrindi. Bu muz ustida bir-birini sudrab, sirgʻanchiq uchayotgan bolalar edi. N. Aminov, Qahqaha
-
Zargarov qumda etigini sudrab trassaning oxirrogʻiga yetganda, naq qulogʻining tagida qattiq zang chalindi. A. Muxtor, Asarlar
-
[Iskandar] Yombini apil-tapil qopchiqqa joylab, narida yotgan kichkina zambilni sudrab keldi. M. Mansurov, Yombi
2. Zoʻr bilan biror tomonga tortmoq, undamoq.
-
Boshim qotib, rayondagi choyxonada choy ichib oʻtirsam, Matqovul paydo boʻldi. Meni uyiga sudrovdi, bormadim. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Dod-faryodimga quloq solmay, dadam qoʻlimdan sudrab, uyga olib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. so‘zlashuv tili Amal-taqal qilib kiyib yurmoq.
-
Oʻzingiz bilasiz, toʻrt yildan beri bu yerda ishlayman, tinim yoʻq, ishdan boshim chiqmaydi. Lekin hali ham bir choponim ikki boʻlmadi. Hali ham qish-yoz bitta choriqni sudrayman. Oybek, Tanlangan asarlar
4. koʻchma Paysalga solib yoki sustkashlik qilib, orqaga choʻzmoq, kechiktirmoq.
-
Ishni sudramoq.
sudra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oyogʻini sudrab bosmoq (yoki yurmoq)
-
Oyogʻini sudrab, yana Bogʻchadarvoza tomon borar ekan, Shoiri zamon qayerda boʻldi ekan-a? deb xayollandi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
SUDRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУДРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SUDRA so‘ziga berilgan ma’nolar
sudra so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
sudra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing