sudral
bilan ulashing
1. Sudramoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
2. koʻchma Orqada qolmoq, kechikmoq, choʻzilmoq.
-
Ishning sudralishi. Qurilishning sudralishi.
-
Kolxoz tinchishga tinchidi-yu, koʻklam ishi nihoyatda sudraldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. Imillab yurmoq, sekin bormoq; imillab yurib yoki sustkashlik qilib, keyinda qolmoq.
-
Oxirgi oʻrinda sudralib bormoq.
-
[Meli polvon] Hammaning astoydil ketmon urayotganini koʻrib, mamnun boʻldi. Eng chetdagi Moʻmin qiyshiqning sudralayotgani uning gʻashiga tegdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Chang va shovqin orasida asta sudralgan horgʻin grajdan aholi: ayollar, bolalar, chollar ham koʻp edi. Oybek, Quyosh qoraymas
sudral soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sudralib yuruvchilar
-
Gavdasi yerda sudralib yurganligi uchun, kaltakesak va unga oʻxshash hayvonlar sudralib yuruvchilar deb ataladi. Zoologiya
SUDRAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУДРАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sudral so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar