taʼminla
bilan ulashing
1. Kerakli narsalarni muhayyo qilib, topib, yetkazib bermoq, taʼmin qilmoq.
-
Shaharni sabzavot bilan taʼminlamoq. Maktablarni oʻquv qurollari bilan taʼminlamoq.
-
Mazkur kompleksni birlashma uz kuchi bilan qurganligi, zarur jihozlar bilan taʼminlaganligi diqqatga sazovordir. Gazetadan
2. Biror narsaning amalga oshishi, roʻyobga chiqishi, muhayyo boʻlishi uchun zarur sharoit yaratmoq.
-
— Javilboydagi uchta nasosning betoʻxtov ishlashini taʼminlayman, — dedi Usmonjon aka. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
xalqlarimiz doʻstligi urushdagi gʻalabamizni taʼminlagan omillardan boʻlaganligi toʻgʻrisida toʻlqinlanib gapirardi. N. Safarov, Jasoratning davomi
TAʼMINLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪМИНЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼminla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar