taʼmir
bilan ulashing
1. 1 Kishi kuchi va ixtiyori bilan inshoot, bino, joy va shu kabilarni qurish, yangidan yaratish.
-
Tabiat turfa tuzmish tarh-u taʼmir Qilib bogʻ-u chaman shaklida tasvir. Habibiy
-
[Xudoyorxon] 1288 (hijriy) yilda Qoʻqonning begi qalandarxonasini buzib, yangidan taʼmir qildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Biron narsa, obyektni buzilgan, singan, yirtilgan joylarini tuzatish, yaxshilash va shu yoʻl bilan yaroqli holga keltirish.
-
Hamma hasharchilar orolga oʻtib olganlaridan keyin, taʼmir ishi jadallab ketdi. M. Osim, Temur Malik
taʼmir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼmir qilmoq (yoki etmoq)
-
Balxdagi Xoʻja Muhammad madrasasi taʼmir qilinayotganini aytdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
xodimlar qisqa fursatda taʼmir etilgan xonaga tiqilishib qoldi. N. Qobil, Unutilgan sohillar
TAʼMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼmir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar