takror
bilan ulashing
1. aynan Qaytariq 1.
-
Matndagi takrorlar.
-
Kimdir takror boʻlmasin! deb qichqirdi. A. Qahhor, Asarlar
-
Ayrim hollarda ana shunday takrorning biri hech qanday funksiyani bajarmaydi, natijada bunday pleonazm tavtologiyaga teng boʻladi. OʻTA
-
Biroq Abdurahmon Shum bolaning yangi sharoitdagi qaytarigʻi va takrori emas, u yangi qahramon. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Ikkinchi yoki koʻp marta; qayta, qayta-qayta.
-
Takror aytmoq. Takror ogohlantirmoq. || Loaqal siyosat yuzasidan bir nima jarimaga tortilsalar, istiqbolda bu kabi gʻalayonlar takror bosh koʻtarmagay. Oybek, Navoiy
-
Chol takror soʻragach, u javob berdi: — Toshkentda ish topsam, balki qolarman. Oybek, Tanlangan asarlar
3. tilshunoslik, aynan Takroriy soʻz.
takror soʻzi qatnashgan jumlalar:
Takror boʻlmoq
-
Har bahor ham shu boʻlar takror, Har bahor ham shunday oʻtadi. H. Olimjon, Oʻrik gullaganda
Takror qilmoq
-
U, soʻzlarini bilmasa ham, ovozining boricha, butun yuragi, sevinch va quvonchini bagʻishlab, yoqimli ohangni takror qilardi. Sh. Rashidov, Burondan kuchli
TAKROR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАКРОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
takror so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar